AI bilan ishlaydigan CRM

AI hisob yuritadi. Siz biznesni o‘stirasiz.

NexUp to‘lovlar, qarzdorlar, davomat va mijozlarni o‘zi kuzatadi. Har kuni AI hisobotni Telegram’ingizga yuboradi, savolingizga esa o‘zbek tilida javob beradi.

  • Bog‘chalar
  • Logoped va o‘quv markazlari
  • Fitnes klublar
QB
Quyoshcha bog‘chasibot
✅ Madina bog‘chaga keldi.
Bugungi mashg‘ulotdan rasmlar
Rahmat! Shu oy to‘lovim qancha qoldi?
Noyabr: 650 000 so‘m
To‘langan: 400 000 so‘m
Qoldiq: 250 000 so‘m
Rahbar ovozli so‘radi

«Bugun qancha tushum bo‘ldi?»

Bugun 4 540 000 so‘m tushdi — kechagidan 640 000 ko‘p. 12 nafar qarzdor bor.

Har kuni AI hisobot — Telegram’ingizda

Kechasi CRM’dagi hamma raqamlarni AI ko‘rib chiqadi va sizga oddiy tilda yozib beradi: nima yaxshi, nima xavotirli, nima qilish kerak.

  1. Ma’lumot yig‘iladiTo‘lovlar, davomat, Telegram xabarlar va lidlar
  2. AI tahlil qiladiO‘tgan oy bilan solishtiradi, o‘zgarishlarni topadi
  3. Hisobot sizga keladiXulosa va maslahatlar bilan, Telegram’da

Namuna ma’lumotlar asosida ko‘rsatilgan.

To‘lovlar
Davomat
Telegram
Lidlar
NexUp AIma’lumot o‘qilmoqda…
Noyabr oyi hisoboti✦ AI tayyorladi
Tushum, so‘m48,6 mln+18%
Yangi mijoz37+9
Davomat92%+3%
Qarz, so‘m6,2 mln12 nafar
Kunlik tushum, 30 kun
Hafta kunlari bo‘yicha tashrif

↑Tushum oktabrdan 18% ko‘p — asosan 2 ta yangi guruh hisobiga.

!Payshanba kunlari davomat 78% gacha tushmoqda. Sababini so‘rab ko‘ring.

✓12 nafar qarzdorga eslatma yuborildi, 7 nafari to‘lov qildi.

Hisobot Telegram’ga yuborildiBugun, 07:00

Savol bering — AI javob beradi

Rahbar CRM’dan yozib yoki ovozli so‘raydi, AI bazadan topib, o‘zbek tilida javob beradi. Savollardan birini bosib ko‘ring.

NexUp AICRM ma’lumotlaringiz bo‘yicha
Bu oy qancha tushum bo‘ldi?

Sohangizning ishiga moslab qurilgan

Har bir soha uchun alohida tizim — umumiy shablon emas. Ish jarayoningizga qarab sozlaymiz.

Bog‘chalar

Ota-onalar xotirjam, xodimlar intizomli

  • Keldi-ketdi xabari — ota-onaga Telegram’da darhol
  • Rasmlar — mashg‘ulotdan ota-onalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
  • Xodimlar davomati — har kuni yangilanadigan QR kod bilan
  • Oylik to‘lovlar — hisoblar oy boshida o‘zi yaratiladi
  • O‘yin va ertaklar — o‘zbek va ingliz tilida, ovozli
  • Kunlik menyu — ota-onalar botda ko‘radi

Logoped va o‘quv markazlari

Bir nechta filial va o‘qituvchilar bilan

  • Dars jadvali — o‘qituvchi, xona va guruhlar bo‘yicha
  • Qarz eslatmalari — ota-onalarga botdan o‘zi boradi
  • O‘qituvchi oyligi — o‘tilgan darslarga qarab hisoblanadi
  • Filiallar — har biri alohida, rahbar hammasini ko‘radi
  • Uy mashg‘ulotlari — video va mashqlar ota-onaga botda
  • Lidlar — qo‘ng‘iroq qilinishi kerak bo‘lganlar ro‘yxati

Fitnes klublar

Qabulxonadan a’zoning telefonigacha

  • Abonementlar — muddati tugayotganlarga eslatma
  • A’zo ilovasi — Telegram ichida: abonement, mashqlar, reyting
  • Mashqlar — qaysi mushak ishlashi rasmda ko‘rsatiladi
  • Chek bilan to‘lov — a’zo karta chekini botga yuboradi
  • Kaloriya — ovqat nomini yozsa, kaloriyasini aytadi
  • Bepul sinovga yozilish — yangi mijozlar botning o‘zidan

Boshqa soha — o‘quv kursi, klinika, salon? Yozing, ishingizga mos tizim qurib beramiz.

Har bir tizimda bor

Qaysi sohada bo‘lmang, rahbar uchun eng kerakli narsalar birinchi kundan ishlaydi.

O‘z Telegram botingiz

Mijozlar telefon raqamini yuborib ulanadi. Eslatmalar, hisob va xabarlar shu yerga keladi.

O‘zbekcha AI yordamchi

Ovozli so‘rang: «kim qarzdor?», «bu oy qancha tushdi?» — javobni o‘zbek tilida aytib beradi.

To‘lov va qarzdorlar

Kim qancha to‘lagani, kim kechiktirgani ko‘rinib turadi. Eslatmani bot o‘zi yuboradi.

AI hisobotlar

Tushum, xarajat, davomat va xodimlar ishi — AI xulosasi va maslahatlari bilan.

Telefon va kompyuterda

Brauzerda ochiladi — dastur o‘rnatish shart emas. Xodimlar har biri o‘z roli bilan kiradi.

Ma’lumotlar himoyada

Har bir biznesning bazasi alohida. Har kuni zaxira nusxa olinadi, kirish https orqali.

Qanday boshlaymiz

Tizimni o‘zimiz sozlab, ishga tushirib beramiz. Xodimlaringiz o‘rganib olguncha yonida bo‘lamiz.

  1. Ariza qoldirasiz

    Qo‘ng‘iroq qilamiz va tizimni ekranda ko‘rsatib beramiz.

  2. Ishingizni o‘rganamiz

    Narxlar, guruhlar, filiallar, xodimlar — hammasini tizimga kiritamiz.

  3. Xodimlarni o‘rgatamiz

    Administrator va o‘qituvchilarga qisqa o‘quv, keyin ham savollarga javob beramiz.

  4. Oylik obuna

    Har oy to‘laysiz, server, yangilanish va yordam — bizdan.

Ko‘p beriladigan savollar

Narxi qancha?

Oylik obuna. Narx biznes hajmiga — filiallar va mijozlar soniga — qarab belgilanadi. Ariza qoldiring, aniq narxni aytamiz.

AI qanday ishlaydi?

AI yordamchi CRM’dagi raqamlaringizni (to‘lovlar, davomat, qarzlar) o‘qiydi va savolingizga o‘sha ma’lumotlar asosida javob beradi. Javob tayyorlash uchun Google Gemini sun’iy intellekt xizmatidan foydalanadi.

Kompyuterga biror narsa o‘rnatish kerakmi?

Yo‘q. Tizim brauzerda ochiladi — kompyuter, planshet yoki telefonda. Faqat internet kerak.

Ma’lumotlarim kimda saqlanadi?

Himoyalangan serverda, sizning biznesingiz uchun alohida bazada. Har kuni zaxira nusxa olinadi. AI javob tayyorlaganda faqat savolga tegishli ma’lumot Google Gemini xizmatiga yuboriladi.

Ota-onalar yoki mijozlar nimani o‘rnatishi kerak?

Hech narsa — Telegram yetarli. Botga kirib, telefon raqamini yuboradi va o‘ziga tegishli xabarlarni ola boshlaydi.

Hozir Excel yoki daftarda yuritamiz. Ma’lumotlarni ko‘chirib berasizmi?

Ha. Mijozlar ro‘yxati, guruhlar va qarzlarni tizimga kiritib beramiz — boshidan qo‘lda yozishingiz shart emas.

Bizning sohamiz ro‘yxatda yo‘q. Bo‘ladimi?

Ko‘p hollarda bo‘ladi. Ish jarayoningizni aytib bering — mavjud tizimlardan birini moslaymiz yoki alohida qurib beramiz.

Tizimni ishda ko‘ring

Raqamingizni qoldiring — qo‘ng‘iroq qilib, sohangizga mos tizimni va AI hisobotni ko‘rsatib beramiz. Bu sizni hech narsaga majburlamaydi.